Toshkent tumanlari hokimlari yiliga bittadan maktab quradi
Jamiyat
−
16 dekabr 1861 1 daqiqa
Toshkent shahridagi tumanlarning hokimlari har yili bittadan maktab, bog‘cha va sport ob’ektini quradi. Bu haqda bugun, 16 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, bugungi kunda poytaxtda 75 tadan maktab va bog‘cha, 23 ta sport ob’ektiga ehtiyoj bor. Tuman hokimlari o‘zlari mablag‘ jalb qilib, har yili 1 tadan maktab, bog‘cha va sport ob’ektini qurishi, qolgan 15 tadan maktab va bog‘cha hamda 11 ta sport ob’ekti investitsiya dasturi doirasida qurib berilishi belgilandi.
Kelgusi yilda infratuzilma loyihalariga chetdan davlat kafolatisiz yana 300 million dollar jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.
Shu yildan Toshkent shahrining har bir tumanida 1 tadan maktabda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Toshkent tajribasi” boshlandi. Ya’ni 7-11-sinfdagi 1,5 ming o‘quvchi saralanib, ularni AT, tibbiyot, biznes, muhandislik kabi yo‘nalishlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lanyapti. Bu tajribani kengaytirib, bunday maktablar sonini kelasi yili 24 taga, 2027 yilda 33 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Live
Barchasi