Toshkentda 40 mln so‘mlik psixotrop sotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan muqaddam sudlangan fuqaro N.A. 700 dona “L-ARGININE” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro F.U. ga 40,6 mln so‘mga sotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Navoiy shahrida giyohvand moddalarni sotish bilan shug‘ullanuvchi yirik jinoiy guruh faoliyati fosh etilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent psixotrop giyohvandlik vositalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing