Toshkentda Bolalar onkologiya va gematologiya markazini suv bosdi
3-sahifa
−
04 may 4592 1 daqiqa
Kecha, 3 may kuni Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik ortidan Chilonzor tumani Arnasoy ko‘chasida joylashgan Bolalar onkologiya va gemotologiya markazi hududiga yomg‘ir suvlari oqib tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumani FVB boshlig‘i voqea joyiga yetib borib, vaziyat nazoratga olingan. Maxsus texnikalar va markaz ishchi xodimlari yordamida vaziyat oqibatlari soat 21:00 larda to‘liq bartaraf etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida 90 dan ortiq uyni suv bosgandi.
Live
Barchasi