Toshkentda daraxtlarni quritish uchun ularning tagiga mashina moyi quyishdi

Jamiyat

image

Toshkentda daraxtlarga qasddan shikast yetkazildi. Bu haqda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat boshqarmaning Uchtepa tumani inspektorlari tomonidan o‘rganilgan va noma’lum shaxslar tomonidan 10 tup daraxtga qasddan shikast yetkazilganligi aniqlangan. Aholining so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar daraxtlarni sun’iy yo‘l bilan quritmoqchi bo‘lib, tagiga mashina moyini quygan.

“Daraxtlarni saqlab qolish uchun texnik tadbirlarni amalga oshirishda yordam berish uchun Akademik F. N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘iga xat chiqarildi. Daraxtlarga shikast yetkazgan shaxslarni qidirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqanddagi qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent daraxt mashina moyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made