Tramp Mersni AQSHning ishlariga “kamroq aralashishga” chaqirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Fridrix Mersni Qo‘shma Shtatlar ishlariga “kamroq aralashishga” va o‘z mamlakati bilan shug‘ullanishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“Germaniya kansleri Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatishga (bu masalada u butunlay samarasizligini ko‘rsatdi) hamda o‘z mamlakatining vayron bo‘lgan tizimini, ayniqsa immigratsiya va energetika masalalarini tuzatishga ko‘proq vaqt ajratishi kerak. Shuningdek, Eron tomonidan kelayotgan yadroviy tahdidni bartaraf etish orqali dunyoni, jumladan Germaniyani ham xavfsizroq qilayotganlarning ishlariga kamroq aralashishi lozim”, deb yozdi Donald Tramp.

Ma’lumot uchun, avvalroq Fridrix Mers AQSHning Eronga qarshi urushda strategiyasi, jumladan, bu urush qanday yakunlanishi kerakligi borasida rejasi yo‘qligini ma’lum qilgan.

“Hozirgi vaqtda amerikaliklar qanday strategik yo‘lni tanlashlarini tushunmayapman, ayniqsa, eronliklar muzokaralarni juda ustalik bilan olib borayotgan – to‘g‘rirog‘i, muzokara olib bormaslikni juda mohirlik bilan uddalayotgan bir paytda”, deydi u Germaniya g‘arbidagi Marsberg shahridagi gimnaziya o‘quvchilari bilan uchrashuvda.

AQSH Prezidenti Donald Tramp ushbu fikrlarga keskin munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fridrix Mers nemislar so‘nggi 20 yilda farovonlik muhitiga juda o‘rganib qolganini, biroq avvalgidek yaxshi yashash davri tugaganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Fridrix Merts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing