Sarukyan Putin Habib uchun sportzal qurib berganini aytdi

Sport

image

UFC yengil vazn toifasi (-70 kg) reytingida ikkinchi o‘rinda turuvchi, Armaniston va Rossiya vakili Arman Sarukyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin UFC Shon-sharaf zali a’zosi Habib Nurmagomedovga Sildi qishlog‘ida sport bazasi qurishda yordam berganini aytdi. Bu haqda u PBD Podcast YouTube kanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Habibga sport zali qurish uchun mablag‘ berishdi. Putin u uchun bu zalni qurib berdi. Agar siz rossiyalik jangchi yoki kurashchi bo‘lsangiz, sizdan xabar olishadi, chunki siz o‘z mamlakatingiz uchun nimadir qilgan bo‘lasiz”, deydi Sarukyan.

Ma’lumot uchun, Arman Sarukyan 29 yoshda. Asli axalkalakilik bo‘lgan bu jangchining MMAdagi professional rekordi 23 ta g‘alaba (shundan 15 tasi muddatidan oldin) va 3 ta mag‘lubiyatdan iborat. U professional yakkakurashlardagi debyutini 2015 yil sentyabr oyida qilgan, UFC bilan esa 2019 yil apreldan hamkorlikni boshlagan. U erkin kurash va MMA bo‘yicha sport ustasi hisoblanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Habib Nurmagomedov Arman Sarukyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing