Turkiya Livanga 360 tonna insonparvarlik yordami yubordi
Olam
−
21 aprel 1597 1 daqiqa
Isroilning hujumlari sabab uy-joyini tark etishga majbur bo‘lgan livanlik oilalarga Turkiya tomonidan yuborilgan 360 tonnalik insonparvarlik yordami poytaxt Bayrutga yetib bordi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, gumanitar yordam 38 konteynerdan iborat. Uning tarkibiga issiq yopinchiqlar, yostiq, matras, uyqu qoplari, chodirlar, oziq-ovqat paketlari va favqulodda yordam to‘plamlari kiradi.
Yuborilgan yordam Livan Oliy yordam qo‘mitasi orqali qisqa muddat ichida hujum oqibatida uysiz qolgan 1 milliondan ortiq aholiga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiya Livanga bugungi kunga qadar turli tashkilotlar orqali 1700 tonnadan ortiq yordam yuborgan. Shuningdek, 2025 yildan buyon taxminan 3 million dollar qiymatidagi yordam Livanga yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya G‘azoga 100 ming tonnadan ortiq yordam yuborgandi.
Live
Barchasi