O‘ta yirik miqdorda firibgarlik qilgan fuqaro Perudan O‘zbekistonga olib kelindi

3-sahifa

image

Respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan fuqaro Perudan O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Peru Respublikasi Adliya vazirligining faol ko‘magi natijasida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangan o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikni sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan Turkiya Respublikasi fuqarosi ekstraditsiya qilingan.

Gumonlanuvchi Peru hududida tergov organlaridan yashirinib yurgan va xalqaro qidiruv doirasida qo‘lga olingan.

Ekstraditsiya Toshkent va Lima Milliy markaziy byurolari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari hamda ekstraditsiya jarayonida tranzit o‘tgan Fransiya va BAA vakolatli organlarining xalqaro huquq doirasida ko‘rsatgan yordami tufayli amalga oshirilgan.

“Mazkur holat transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishda Interpol Xalqaro jinoiy politsiya tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.

Ekstraditsiya qilingan shaxs keyingi protsessual harakatlarni o‘tkazish hamda O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish uchun Interpol Milliy markaziy byurosi va Respublika Bosh prokuraturasi xodimlari hamrohligida O‘zbekistonga olib kelingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaro Turkiyadan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Peru Interpol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing