Uyatsiz videolarni tarqatish bilan “shantaj” qilgan erkak ushlandi (video)
3-sahifa
−
27 aprel 5213 2 daqiqa
Surxondaryoda ayoldan behayo foto va videolarini tarqatmaslik evaziga 30 million talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, muqaddam Jinoyat Kodeksining 169-(o‘g‘irlik), 273-(giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) va 276-(giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) moddalari bilan sudlangan 1972 yilda tug‘ilgan erkak 1988 yilda tug‘ilgan ayolni unga tegishli behayo foto va videolarni internet tarmog‘ida tarqatish bilan qo‘rqitib, tavlomachilik yo‘li bilan 30 million so‘m pul undirishni ko‘zlab, tahdid qilgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi talab qilingan puldan 1 000 AQSH dollari miqdoridagi pulni Termiz shahridagi avtoturargohlarning birida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Uning yonidan telefon apparati g‘ilofida 0,112 gr “gashish” giyohvandlik moddasi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchi shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “a” bandi va 276-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga hilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yigit o‘z tanishining sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor etish bilan qo‘rqitib, 10 ming dollar talab qilgandi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi