O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Rossiya klubiga o‘tishi mumkin
Sport
−
25 noyabr 5594 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Paxtakor” klubi hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini Rossiya Primer-ligasida davom ettirishi mumkin. 32 yoshli hujumchiga “Krilya Sovetov” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ivan Karpov xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Igor Sergeyevga Rossiya klubi oyiga 2,5 million rubl maosh, 1,5 million rubl ko‘rinishida bonus puli hamda 2 yillik shartnoma taklif qilgan. Futbolchi tomoni esa oyiga 4 million rubl + 3 millionlik imzo bonusini talab qilmoqda. Bunday moliyaviy shartlar klubni qoniqtirmayapti, shu bois bitim hozircha yakuniga yetganicha yo‘q.
Sergeyev faoliyati davomida O‘zbekistonda, Xitoyda, BAAda, Qozog‘istonda va Tailand milliy chempionatlarida o‘ynagan. Klub darajasida 400 ta o‘yinda 192 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Sergeyev O‘zbekiston terma jamoasi safida esa 81 ta o‘yinda 24 ta golga muallif bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Igor Sergeyev joriy yil avvalida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safiga kelib qo‘shilgan edi. Hujumchining “sherlar” bilan shartnomasi 1 mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, qishda yakuniga yetadi. Shu bois, “Krilya Sovetov” Sergeyevni erkin agent sifatida qo‘shib olishga jiddiy harakat qilmoqda.
Live
Barchasi