O‘zbekistonda bitiruvchi va abituriyentlar uchun Yagona davlat imtihoni joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda kecha, 8 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishganidan so‘ng Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bugungi kunda bitiruvchilarimiz avval davlat bitiruv imtihonlarini, keyin esa OTMlarga kirish uchun alohida test sinovlarini topshirmoqda. Bu qo‘shimcha xarajat, vaqt sarfi va eng muhimi, farzandlarimiz uchun stressli vaziyatni keltirib chiqaradi”, dedi vazir o‘rinbosari.

Sardor Rajabovning aytishicha, ushbu jarayonlarni birlashtirib, sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda yagona imtihon joriy etish vazifasi qo‘yildi. Imtihon onlayn tarzda o‘tkazilishi va undagi baholar bir vaqtning o‘zida ham maktab yakuni, ham OTMga kirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi rejalashtirilgan.

Qayd etish joiz, bu yangi tizim Rossiyaning Yagona davlat imtihoni (Yediniy gosudarstvenniy ekzamen — YeGE)ga o‘xshab ketadi va bunday tizimni joriy etish O‘zbekistonda birinchi marta muhokama qilinayotgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekistonda 12 yillik maktab ta’limi joriy etilishi xabar qilingandi. Shu orqali O‘zbekiston maktablari bitiruvchilar xorijdagi oliygohlarga o‘qishga topshirganda bevosita bakalavriat dasturlariga o‘qishga kirish, xorijiy oliy o‘quv yurtlarida Foundation kurslarini o‘tash uchun bir yil sarflamasligi mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab oliygoh Yagona davlat imtihoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing