O‘zbekistonda blogerlar Rossiya tajribasi bo‘yicha soliqqa tortilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda blogerlarni soliqqa tortish bo‘yicha Rossiya tajribasi o‘rganiladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Moskva shahrida rossiyalik hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashmoqda. Tashrifning birinchi kunida tomonlar blogerlar hamda internet tarmog‘ida faoliyat yurituvchi boshqa shaxslar daromadlari ustidan soliq nazoratini amalga oshirish masalalarini muhokama qilgan.

Xususan, soliq xizmati brendini ommalashtirish, ochiqlik darajasini oshirish va fuqarolar ishonchini mustahkamlash maqsadida media hamjamiyat bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, Rossiya tomoni soliq organlari faoliyatida xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan ya’ni, soliq to‘lovchilar uchun qulay xizmatlar yaratish, ular bilan o‘zaro samarali hamkorlik o‘rnatish, mavjud tartib-taomillarni soddalashtirishga qaratilgan yondashuvlarni joriy etish amaliyotini taqdim etgan.

“Mazkur tajriba almashish jarayoni ilg‘or yechimlarni o‘rganish va ularni kelgusida O‘zbekiston soliq organlari faoliyatida qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

soliq bloger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing