O‘zbekistonda elektrning sutkalik iste’moli bo‘yicha rekord qayd etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘tgan hafta oxirida elektr energiyasining sutkalik iste’moli bo‘yicha yangi rekordi qayd etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 yanvar kuni elektr energiyasi sutkalik iste’molining tarixiy maksimal darajasi yangilangan. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, kunlik umumiy iste’mol 283 mln kVt·soatni (kichik quvvatli quyosh generatsiyasini hisobga olmaganda) tashkil etgan.

2025 yilning qish mavsumida eng yuqori sutkalik iste’mol 11 yanvar kuni kuzatilib, 271,8 mln kVt·soatni tashkil etgan. Shuningdek, 2025 yilning yoz mavsumida, jumladan, iyul oyida elektr energiyasi sutkalik iste’molining eng yuqori ko‘rsatkichi 272,6 mln kVt·soatga yetgan. Tezkor ma’lumotga asosan, o‘tgan 24 yanvar kuni bu rekord yangilanib, 283 mln kVt·soat bo‘ldi.

Kecha, 25 yanvar kuni elektr stansiyalari orqali jami 264,2 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 103 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Respublika iste’molchilariga 246,9 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 103 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berilgan.

Tabiiy gaz iste’moli 144,7 mln kub metrni tashkil qilgan. Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga maxsus texnikalar va jamoat transportlari uchun kunlik 1,5 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib berilgan. Xususan, tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona vodiysidagi maxsus texnikalar va jamoat transportlari uchun jami 81 813 kub metr tabiiy gaz yetkazib berilgan.

Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlari uchun 2 ming 300 tonna (rejaga nisbatan 109 foiz ko‘p) suyultirilgan gaz ishlab chiqarilgan, 500 tonna yetkazib berilgan. Hududlardagi gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi suyultirilgan gaz zaxirasi 2 tonnaga oshib, 6,7 ming tonnaga yetgan.

Kecha, 25 yanvar kuni elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 5 ta, gaz ta’minotida esa 1 ta nosozlik avariya brigadalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Tizimda 24/7 rejimida kuchaytirilgan tartibda ish olib borilmoqda.

Elektr va gaz ta’minoti korxonalarida jami 1 ming 479 ta maxsus brigada tashkil etilgan, ushbu brigadalar tarkibida 7 ming 596 nafar ishchi-xodim joylarda kecha-yu kunduz faoliyat yuritib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing