O‘zbekistonda ilk bor rep yo‘nalishida festival o‘tkaziladi

Madaniyat-san’at

image

Joriy yilning 22 iyul kuni Toshkent shahridagi “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘ida rep yo‘nalishida  festival o‘tkaziladi. Bu haqda  kecha, 14 may kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan reperlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi kelgusida rep ijrochilarini saralash, ularning ijodini baholash, master-klasslar o‘tkazish, original qo‘shiqlar yaratishlariga ko‘maklashish kabi tizimli ishlarni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. 

Bundan tashqari, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda “Rep yo‘nalishi” bo‘yicha lebel, telegram bot, instagram tarmoqlarida yangi rukn ochish va ularni yangiliklar bilan to‘ldirib borish, yaxshi ijro mahoratiga ega rep ijodkorlarini saralash hamda ular orqali Vatanni ulug‘lovchi qo‘shiqlar tayyorlash va unga klip suratga olish, telekanallarda namoyish etish hamda ularni konsert dasturlariga tavsiya etish kabi ko‘plab imkoniyatlar ham yaratiladi. Shuningdek, rep ijodkorlariga ijtimoiy tarmoqlarda litsenziyasiz faoliyat yuritish va litsenziya olishda imtiyozli narx belgilash ma’lum qilindi.

Mazkur davra suhbatida ishtirokchi ijodkorlar bilan fikr almashilib, rep yo‘nalishining istiqboldagi rejalari belgilab olindi. Endilikda rep yo‘nalishida milliylikni, urf-odat va  qadriyatlarni tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro etiladi. 

Tadbirda rep va shu kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish, bu yo‘nalishlarda ijod qilayotgan ijodkorlar bilan samarali hamkorlik qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda ayrim reperlar davlat tashkilotlari tomonidan uyushtirilayotgan bayram tadbirlarida ularning ishtiroki ta’minlanmayotganligi, bir so‘z bilan aytganda, bu soha qo‘llab-quvvatlanishiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganidan norozliklarini bildirdilar. 

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, joriy yilning 16-17-18 avgust kunlari Toshkent shahrida rep va didjeylarning Xalqaro festivalini o‘tkazish belgilangan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing