O‘zbekistonda jarima balli 12 dan oshgan ilk haydovchi aniqlandi (video)

3-sahifa

image

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima ballari qo‘llash tizimi doirasida 12 balldan oshgan birinchi holat qayd etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, respublika bo‘yicha yana 11 nafar haydovchiga 8 dan 10 ballgacha jarima ballari hisoblangan. Ularning 5 nafari Toshkent shahridan bo‘lsa, qolgan 3 nafari Surxondaryo viloyatidan, shuningdek, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatidan bir nafardan haydovchilar bor.  

“Bir yil davomida 12,5 ball to‘plagan ekanman. 12 ballik sistema borligiga ishonmas edim. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga chaqirishdi. O‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Jarima ballarimni ko‘rib, ballik sistema ishlashiga ishonch hosil qildim. Meni ishim endi sud orqali ko‘rib chiqilar ekan. Boshqa haydovchilarga tavsiyam shuki, yo‘l qoidalariga amal qilgan holatda mashina haydashsin”, deydi haydovchi.

Ma’lumot uchun, jarima ballari 8 ballga yetganda haydovchi mobil telefoniga kelgan SMS orqali ogohlantiriladi. 12 balldan oshganda esa haydovchilik huquqi sud tartibida bekor qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1 iyundan yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 12-moddasi asosida yozilgan bayonnomalarga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan  esa qoidabuzarliklarni avtomatik ravishda aniqlovchi qurilmalar tomonidan aniqlangan 4 turdagi qoidabuzarliklar, ya’ni setoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, yo‘lning qarama-qarshi yo‘lagida harakatlanish va tezlik qoidalariga amal qilmaslik kabi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanishi belgilangan.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston haydovchi jarima ball

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing