O‘zbekistonga qariyb 600 kg narkotik olib kirayotgan shaxs ushlandi (video)

Olam

image

Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston Respublikasidan Surxondaryo viloyatidagi “Termiz-avto” chegara bojxona postiga kirib kelgan Afg‘oniston fuqarosi boshqaruvidagi Mercedes rusumli yuk avtomashinasi o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Natijada avtomashina tirkamasida olib kelinayotgan Doosan rusumli ekskavator inspeksion ko‘rik majmuasi orqali skaner qilinganida, uning ko‘targich qismi (“strela”) ichida konstruksiyada ko‘rsatilmagan shubhali predmetlar borligi kuzatilgan.

Shundan so‘ng, ekskavator tuynuklari endoskop maxsus texnik vositasi orqali ko‘zdan kechirilganda, uning ko‘targich qismiga 593 kg “gashish” va 3 kg “opiy” giyohvandlik vositalari yashirilganligi aniqlangan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-(kontrabanda) va 273-moddalari (giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu narkotik moddalar egalarini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tog‘a va jiyan narkosavdogarlar qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing