Xon Saroy “Muhabbat shahri” loyihasi investorlarini qurilish jarayoni bilan tanishtirdi!

Biznes

Joriy yilning 2 dekabr kuni ko‘chmas mulk sohasida ishonch va sifat tamoyillari bilan ajralib turuvchi Xon Saroy kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan "Muhabbat shahri" loyihasida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir devorlar ortida nimalar bo‘layotganini faqat rasm yoki videolardan emas, balki qurilish jarayonini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat bo‘la oldi.

Xon Saroy kompaniyasi o‘z loyihalari asosidan qurilayotgan binolarning mustahkamligi va xavfsizlik sifatini amalda namoyish etish maqdasida qurilish jarayonini ochiq tarzda namoyish etdi. "Muhabbat shahri" turar-joy majmuasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” davomida loyiha investorlariga qurilish ishlarining barcha bosqichlari tanishtirildi.

Bundan tashqari, tadbirda Xon Saroy kompaniyasining doimiy mijozlariga aylangan bloggerlar va san’atkorlar ham ishtirok etdi. Mehmonlar beton, armatura va boshqa konstruktiv materiallarning sifat darajasi, talabga mosligi hamda ularning uzoq muddatga chidamliligi bo‘yicha bevosita mutaxassislardan javob olishdi. 

Ma’lumot uchun, “Muhabbat shahri” loyihasi poytaxtimizning Yashnobod tumani Parkent  ko‘chasida joylashgan bolib, ummiy 5 gektar maydonni egallagan. Loyiha 26 blokdan iborat bo‘lib, jami 4512 ta xonadonni o‘z ichiga olishi rejallashtirilgan. 

Xon Saroy kompaniyasi Toshkent va Navoiy shahri bo‘ylab 14 ta yirik  loyiha  xonadonlarining kalitlarini o‘z egalariga topshirgan. Hozirgi kunda yana 7 ta yirik “Zo‘rsan”, “Vatan”, “Vodiy”, “Afsona”, “Muhabbat shahri” “Ramazon” va “Fazo” kabi loyihalarida  qurilish ishlari faol davom etmoqda

Xon Saroy o‘z loyihalarini zamonaviy qurilish standartlari asosida amalga oshirib, har bir xonadonda aholi uchun maksimal qulaylik va hayot sifatiga alohida e’tibor qaratadi. Ochiq eshiklar kuni esa kompaniyaning jamoatchilik oldida ochiq va shaffof faoliyat yuritishini yana bir bor tasdiqladi.

Batafsil ma’lumot uchun: 71 200 74 00

Sayt  Telegram  Instagram

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Xon Saroy Muhabbat shahri loyihasi Ochiq eshiklar kuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing