Yuqori Chirchiqda Lada yo‘l chetida turgan Damas’ga borib urildi

3-sahifa

image

Kecha, 13 fevral kuni soat taxminan 14:00 da Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan D012 “Bektemir–Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 18-kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yo‘l hakarati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi Lada rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan vaqtda, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas avtomobiliga borib urilgan.

Hodisa oqibatida avtomobildagi bir yo‘lovchi tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida avtobus va velosiped o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yth Yuqori Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing