Japarov SHHTga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlarini qabul qildi
Olam
−
28 aprel 3290 1 daqiqa
Bugun, 28 aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, vakillar Mudofaa vazirlar kengashida ishtirok etish uchun yig‘ilgan.
Uchrashuvda Japarov Qirg‘iziston SHHTga raislik qilayotgan mamlakat sifatida mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishini ta’kidlagan. Jumladan, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish, tajriba almashish hamda mudofaa idoralari o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirish muhim yo‘nalishlar ekani qayd etilgan.

Sadir Japarov Mudofaa vazirlar kengashi doirasida erishilgan kelishuvlar SHHT hududida mudofaa hamkorligi va umumiy xavfsizlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning sentyabr oyida Xitoyning Tyanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Tadbir doirasida a’zo davlatlar 20 ta hujjat imzolagan.
Live
Barchasi