Jiddiy keskinlik: “Real” “Barsa” bilan aloqalarni butunlay uzdi

Sport

image

“Real Madrid” prezidenti Florentino Perec hakamlik mojarosi sabab “Barselona” bilan barcha aloqalarni uzganini ma’lum qildi. Bu haqda Peres jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Men “Barselona” bilan aloqalarni butunlay uzaman. Yigirma yil davomida hakamlarga pora bergani aytilayotgan klub bilan hech qanday munosabatda bo‘lishni istamayman. “Negreyra ishi” bo‘yicha adolatli qaror chiqarilishiga umid qilaman”, deydi Peres.

“Negreyra ishi” deb ataluvchi mojaro “Barselona”ning 2001–2018 yillar oralig‘ida Ispaniya Texnik Hakamlar qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga 7,3 milliondan 8,4 million yevrogacha mablag‘ to‘lagani haqidagi da’volar bilan bog‘liq.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu pullar hakamlarning xayrixohligini ta’minlash uchun ishlatilgan bo‘lishi mumkin. “Barselona” esa mablag‘lar faqat hakamlar faoliyati bo‘yicha qonuniy texnik hisobotlar uchun to‘langanini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 10 may kuni Kataloniyada ushbu ikki jamoa ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Barselona” “Real Madrid”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixidagi 29-chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Madrid klubi prezidenti Florentino Peresni chempionlik va “Negreyra ishi” yuzasidan bergan bayonotlaridan so‘ng uni sudga berishni reja qilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Real Madrid” Florentino Perec

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing