Jizzax va Samarqandda dorifurushlar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Jizzax va Samarqand viloyatida noqonuniy dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1993 yilda tug‘ilgan 2 fuqaro tegishli hujjatlari bo‘lmagan 400 dona “MISOPROSTOL” tabletkalari, 139 dona kapsulalar, 2 dona balzam va ularni qadoqlash uchun mo‘jallangan 26 dona qutilarni 5 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor tadbir davomida Jizzax shahrida joylashgan ayollar fitness-klubi ham ko‘zdan kechirilib, u yerda qo‘lga olinganlar tomonidan tashkil qilingan yashirin sex aniqlangan. Mazkur sexda ushbu shaxslar turli xil dori vositalarini qo‘lbola usulda qadoqlash, taqsimlash va sotuvga tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan. 

Tekshiruvlar ortidan 1 dona qadoqlash uskunasi, sotuvga tayyorlangan jami 141 dona kapsulalar, 1 040 dona xitoy va ingliz tilida yozilgan soxta galogrammalar, 237 dona soxta shtrix kodlar, 1 014 dona bo‘sh kapsulalar, turli xildagi quti va paketlar protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Samarqandda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Samarqand shahrida yashovchi, farmatsevtika mahsulotlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ menedjeri Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan hamda tarkibida psixotrop moddalar mavjud bo‘lgan jami 9800 dona dori vositalarini shartli xaridorga 25 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. 

Bildirilishicha, hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida Qirg‘izistondan olib kelingan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Jizzax MISOPROSTOL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing