Jizzaxda “Hududgaz” xodimi 6 ming dollar pora oldi
3-sahifa
−
03 noyabr 5436 2 daqiqa
Jizzax viloyatida “Hududgaz” xodimi 6 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali yetakchi mutaxassisi Jizzax shahrida faoliyat yurituvchi MCHJda o‘tkazilgan tekshiruvda nosoz gaz hisoblash uskunasidan foydalanilganligini aniqlab, bu bo‘yicha tegishli dalolatnoma tuzadi. Afsuski, u o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, tuzilgan dalolatnomani bekor qilish hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Jizzax shahar bo‘limi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik masalasini hal qilib berish evaziga MCHJ vakilidan 6 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ushbu “yetakchi mutaxassis” so‘ralgan pul mablag‘ini “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
O‘tkazilgan laboratoriya tekshiruvi natijasiga ko‘ra, gaz hisoblagich tashqi ta’sir ko‘rsatilmagan holda nosoz holatga kelgani aniqlangan. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dastlabki tergov harakatlari doirasida yetakchi mutaxassisni IJQKD Jizzax shahar bo‘limidagi “tanishi”ning shaxsiga aniqlik kiritilib, hozirda unga nisbatan ham xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatida advokat jinoyat ishini gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga undan 5500 dollar talab qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr