Joze Mourino Portugaliya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Sport

image

Turkiyaning “Fenerbahche” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Portugaliya milliy jamoasini qabul qilib olishi mumkin. Bu haqda “HTSpor” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishgan. Shartnoma iyun oyi boshida bo‘lib o‘tadigan UEFA Millatlar ligasining hal qiluvchi o‘yinlaridan so‘ng imzolanishi kutilmoqda.

Ayn damda 62 yoshli mutaxassis “Fenerbahche”ni boshqarib kelmoqda. Jamoa Turkiya chempionatida mavsum yakuniga 3 tur qolganida “Galatasaroy”dan 8 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egallagan.

Qayd etish joiz, Joze Mourino faoliyati davomida hech qachon terma jamoa murabbiyi bo‘lib ishlamagan.

Hozirda Portugali milliy jamoasi ustozi ispaniyalik mutaxassis Roberto Martines hisoblanadi. Uning qo‘l ostidagi jamoa 28 uchrashuvning 21 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Yevro-2024 chorak finalida Fransiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o Fenerbahche Portugaliya milliy jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing