Zo‘ravonlikda ayblangan sportchi umrbodga diskvalifikatsiya qilindi
Sport
−
20 dekabr 2244 1 daqiqa
AQSH nomidan musobaqalarda qatnashayotgan sobiq rossiyalik figurali uchuvchi Ivan Desyatov boshqa sportchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ayblovlari tufayli umrbod musobaqalardan chetlashtirildi. Bu haqda AQSH xavfsizlik sport markazi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Desyatov estoniyalik figurali uchuvchi Solen Mazingga nisbatan zo‘ravonlikda ayblanmoqda.
Shunga o‘xshash ayblovlar tufayli Desyatov 2024 yil 19 oktyabrda Amerika Olimpiya qo‘mitasi va Amerika Paralimpiya qo‘mitasi homiyligidagi turnirlarda qatnashishdan chetlashtirilgan. Keyinchalik, 28 noyabrda Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) homiyligidagi musobaqalardan ham chetlashtirilgan. Endi esa sportchi butun umrga sportdan diskvalifikatsiya qilindi.
Ma’lumot uchun, Ivan Desyatov dastlab Rossiya uchun musobaqalarda qatnashgan va Irina Xavronina bilan juftlikda konkida uchgan, keyin esa Yekaterina Andreyeva bilan birga Belarus sharafini himoya qilgan. Bu duet sakkiz yil davomida milliy chempionatda g‘olib chiqqan va 2022 yilda maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng tarqalgan.
Live
Barchasi