Isroil ertami-kechmi top bokschi bilan jang qilardi – Bahodir Jalolov

Sport

image

Shu yilning 3 avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Turnirning markaziy jangida o‘zbekistonlik Isroil Madrimov amerikalik yengilmas Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ushbu jangda o‘rtaga Madrimovga tegishli Butunjahon boks tashkiloti (WBA) chempionlik kamari hamda birinchi o‘rta vaznda vakant, ya’ni egasiz bo‘lib turgan vaqtinchalik Butunjahon boks tashkiloti (WBO) kamari qo‘yiladi.

O‘zbekistonlik super og‘ir vazn toifasidagi bokschi, Isroil Madrimovning yaqin do‘sti Bahodir Jalolov mazkur to‘qnashuv haqida QALAMPIR.UZ'ga o‘z fikrlarini bildirdi.

“Krouford juda kuchli bokschi. Biz uning janglarini ko‘rib ulg‘ayganmiz. Isroil Madrimov esa aqlli va tartibli sportchi. Jang Isroilning vaznida bo‘lib o‘tadi. Krouford mazkur jang uchun vaznini oshirdi. Hamma bokschiga ham bunday imkoniyat nasib etavermaydi. Madrimov yanada nomdor bokschiga aylanib olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi va bundan foydalanishi kerak. Janggacha yetarlicha vaqt bor”, deydi Jalolov.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Krouford shu vaqtga qadar profringda 40 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan va 31 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 29 yoshli Madrimov esa 11 ta to‘qnashuvda ishtirok etib, 10 tasida zafar quchgan. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ishtirokidagi 1 ta bahsda durang qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Bahodir Jalolov Terens Krouford

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made