Bahodir Jalolov Usik-Fyuri oqshomida jang qilmaydi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolovning 18 may kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan chernogoriyalik Dilan Prashovichga qarshi jangi bekor qilindi. Bu haqda Jalolovning o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

“Tez orada Toshkentda havaskor boksga to‘liq moslashib olishim uchun kichik turnir o‘tkaziladi. Parij Olimpiadasidan so‘ng bor e’tiborimni professional boksga qarataman. Keyingi yili profringda ko‘proq jang o‘tkazish uchun oilamni ham vaqtinchalik AQSHga olib ketishni rejalashtiryapman”, deydi Jalolov.

Qayd etish joiz, 18 may kuni bo‘ladigan profboks kechasining markaziy jangida ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri ringga ko‘tariladi. G‘olib bokschi super og‘ir vazn toifasida mutlaq chempionga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Saudiya Arabistoni Ko‘ngilocharliklar bosh boshqarmasi raisi Turki Al ash-Shayx  “Asr jangi” deb nom olgan to‘qnashuv g‘olibiga maxsus kamar topshirilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Tayson F'yuri Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made