Moskvadagi terakt: AQSH hammasini oldindan bilgan

Olam

image

Amerika razvedkasi Rossiyani “Islomiy davlat” (ISHID) terrorchilik guruhi Rossiya hududida teraktlar uyushtirishni rejalashtirayotgani haqida ogohlantirgan. Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar berdi. 

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday xabarlar 2023 yilning noyabr oyidan beri olingan, biroq bu AQSHning Moskvadagi elchixonasi tomonidan 7 mart kuni terrorchilik tahdidi haqidagi ogohlantirish e’lon qilinishiga asos bo‘lgan-bo‘lmagani noma’lum. 

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi “Fox News” telekanaliga AQSH elchixonasi ogohlantirishi va “Krokus Siti Holl” terakti bilan qanchalik bog‘liqligini hozircha ayta olmasligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni shu oy boshida Moskva va uning atrofida terakt sodir etilishi ehtimolidan biroz xavotirda edi.

Gap shundaki, AQSHning Moskvadagi elchixonasi tomonidan joriy yilning  7 mart kuni e’lon qilingan ogohlantirishda elchixona ekstremistlar Moskvada aholining yirik yig‘inlarini, jumladan, konsertlarni nishonga olishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni kuzatayotganini qayd etib, AQSH fuqarolariga keyingi 48 soat ichida katta yig‘ilishlarda ishtirok etmaslikni tavsiya qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 mart kuni kechasi Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida noma’lum shaxslar otishma boshladi, binoda portlash sodir bo‘ldi va yong‘in chiqdi. 

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida uch kishi bo‘lgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan. Ayni vaqtgacha qurbonlar soni 60 dan oshdi.

Binoning uchdan bir qismi yonib ketgan, atrofni quyuq qora tutun qoplagan. O‘t o‘chiruvchilar odamlarni tom orqali olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan va 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. 

Hozirda teraktdan keyin shifoxonalarda 110 nafar kattalar va 5 nafar bola yotibdi, 60 nafar kattalarning ahvoli og‘ir. Bu haqda Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobev ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev terakt munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi teraktni qoraladi. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi terakt oqibatida jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi


Maqola muallifi

Teglar

Moskva terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made