Moskvada 9 may kuniga bag‘ishlangan harbiy parad boshlandi (video)

Olam

image

Moskvadagi Qizil maydonda G‘alaba kuniga bag‘ishlangan harbiy parad boshlandi. Paradni Rossiya telekanallari efirga uzatmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, paradda to‘qqiz mingdan ortiq kishi va 70 ta texnika ishtirok etmoqda. Piyoda ustun tarkibiga qo‘shinlarning turlari va bo‘linmalari bo‘yicha polklar, batalonlar va Suvorov, Naximov, kadet va musiqa maktablari ekipajlari, Yoshlar armiyasi a’zolari, askarlar va kazaklar, shuningdek, birlashgan harbiy orkestr kiradi.

Moskvada 9 may sharafiga parad qor yog‘ayotgan paytga to‘g‘ri kelgan. Sinoptiklar shamol tezligi sekundiga 15-18 metrgacha yetishini taxmin qilyapti. Shu bilan birga, parad Rossiya aviatsiya guruhlarining parvozi bilan yakunlanishi kutilmoqda.

Moskvadagi paradda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Laos, Gvineya-Bisau va Kuba prezidentlari ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, Aleksandr Lukashenko iti bilan paradga keldi.

9 may sharafiga harbiy paradlar harbiy okruglar, flot va qo‘shma qurolli qo‘shinlar shtab-kvartiralari joylashgan 25 ta shaharda o‘tkaziladi. G‘alaba bayramini nishonlash uchun jami 150 mingga yaqin kishi hamda ikki yarim mingga yaqin turdagi qurol-yarog‘ va harbiy texnika jalb etilgan.

Ma’lumot uchun, 9 may sharafiga Moskvadagi harbiy parad Ukrainada Rossiya tomonidan boshlangan keng ko‘lamli urush paytida bo‘lib o‘tyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva 9 may harbiy parad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing