Live

08 may

Isroil tanki Rafah shahridagi turar-joyni punktini bombaladi.

08 may

Botir Qodirov va Jo‘rayevlar o‘rtasida ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Unda da’vogar Botir Qodirov  hamda javobgar Zohirshoh Jo‘rayev nomidan Shohjahon Jo‘rayev ishtirok etgan.

08 may

Ayni damda Kreml saroyida YeOIIning yubiley sammitida Armaniston, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Unda kuzatuvchi maqomida qayd etilgan O‘zbekiston tarafi qatnashmagan.

08 may

Joriy yilning yanvar-mart oylarida 1,5 milliondan ortiq chet el fuqarolari O‘zbekistonga sayohat qilgan.

08 may

Ozarbayjonning Guba shahrida “O‘zbekiston-Ozarbayjon” Turk dunyosi targ‘ibot va madaniyati markazi ochildi.

08 may

Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi.

08 may

Isroil havo kuchlari Livanni intensiv bombardimon qilishda davom etmoqda.

08 may

Turkiya G‘azoga oziq-ovqat, salomatlik, gigiyena va boshpana vositalaridan iborat jami 1900 tonna insonparvarlik yordami yubordi.

08 may

Rossiya tinchlikparvar kuchlarining so‘nggi partiyasi ham Qorabog‘ni tark etdi.

08 may

Dam olish kunlari G2-G3 (o‘rta va kuchli) magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda

Bugun, 8 may kuni ertalab kuchli quyosh chaqnashi sodir bo‘ldi. Quyosh massalari Yerga 11 may shanba kuni yetib keladi. 

08 may

Turkiyaning Istanbul aeroportida yuk samolyotining oldi shinalari ochilmay qoldi

Ta’kidlanishicha, nosozlik tufayli samolyotning oldingi qo‘nish moslamasi ochilmagan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

08 may

Surxondaryoda qovun pishdi

Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi "Qodir shahb" MCHJ mirishkorlarining ilk hosillari pishib yetildi.

08 may

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi.

08 may

Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan amaliy tashrif bilan Rossiyaga bordi.

08 may

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ijtimoiy himoya sohasida anglashuv memorandumi imzolandi.

08 may

Farg‘onada bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi.

08 may

Universitetga kirishda minimal o‘tish ballari o‘zgardi va grantlar 3 yil ishlab berishi bekor bo‘ldi

Oliy ta’lim tizimida bir qator o‘zgarishlar joriy qilinmoqda. 

08 may

Hindistonning Dehli aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi 5 kg oltin bilan qo‘lga tushdi

Aniqlanishicha, ular Dubaydan uchib borgan.

07 may

Putin inauguratsiya marosimidan so‘ng maktab davridagi o‘qituvchisi Vera Gurevich bilan uchrashdi.

07 may

Haj vizasi bo‘lmaganlar jarimaga tortiladi

Saudiya Arabistoni Qirolligi Ichki ishlar vazirligi haj vizasi bo‘lmagan shaxslar jarimaga tortilishi haqida ogohlantirdi. 

Qayd etilishicha, 2 iyundan haj tartibi va tegishli ko‘rsatmalarni buzgan shaxslarga nisbatan jazo choralari qo‘llaniladi. Qoidabuzarlar taxminan 2675 dollar jarimaga tortiladi. Shu bilan birga, bu shaxslar deportatsiya qilinadi. Qoidabuzarliklar yana takrorlansa, belgilangan miqdor ikki baravar ko‘paytirilishi ta’kidlangan.

07 may

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston Respublikasi Chegara xizmatlarining xabar berishicha, bugun Tojikiston bilan chegarada o‘qotar quroldan foydalanish bilan bog‘liq hodisa yuz bergan.

07 may

Isroil armiyasi Rafahdagi bosqinni havo hujumlari orqali davom ettirmoqda.

07 may

Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba bayramida ishtirok etish uchun Rossiya poytaxti Moskvaga bordi.

07 may

Namanganda bankdan 306 million krediti bo‘lgan fuqaroning inomarka mashinasi olib qo‘yildi.

07 may

Vladimir Putin inauguratsiyasi munosabati bilan Kreml uzra artilleriya salyutlari otildi.

07 may

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlarining 90 foizini Kiyevning harbiy ehtiyojlari uchun foydalanishga kelishib oldi – Olaf Shols.

07 may

Kremlda Vladimir Putinning Rossiya Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi boshlanmoqda.

07 may

G‘azoliklar Rafahni ommaviy ravishda tark etmoqda.

07 may

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdurauf Qorjovov 68 yoshida vafot etdi.

07 may

Surxondaryoning Sherobod tumanidagi  Bog‘iobod mahallasiga kuchli sel kelishi oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi.

07 may

Isroil tanklari Rafah nazorat punktini egallab oldi.

07 may

Ar-Riyodda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani aytilmoqda

Norasmiy manbalarning qayd etishicha, shahzoda tirik, biroq xavfsizlik xodimlari halok bo‘lgan.

07 may

Putin bugundan beshinchi marta Rossiya Prezidenti lavozimiga kirishadi.

07 may

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlar bazasi xakerlar hujumiga uchradi.

07 may

Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Razvedka xizmatlari rahbarlari 6 may kuni Farg‘onada uchrashdi

Muzokaralar chog‘ida tomonlar ochiq va maxfiy tarzda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid barcha muammolar to‘plamini atroflicha muhokama qilgan.

07 may

Isroil armiyasi Suriyada "Hizbulloh"ga tegishli mashinani portlatib yubordi.

07 may

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida qatnashmaydi.

06 may

Mishel Obama amaldagi Prezident Jo Bayden o‘rniga prezidentlik uchun kurashishi mumkin – Der Spiegel.

06 may

“Tolibon” Turkiyani Isroilni boykot qilgani bilan tabrikladi

Endi Turkiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi aviaqatnovlar qayta tiklanishi kutilmoqda.

06 may

Xitoy Ukraina inqirozini keltirib chiqargani yo‘q va uning ishtirokchisi bo‘lmadi, aksincha tinchlik muzokaralarini ilgari surish va qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘p mehnat qilmoqda – Si Szinpin

06 may

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida dahshatli YTH sodir bo‘ldi

2024 yilning 5 may kuni soat taxminan 14:00 larda sodir bo‘lgan avariya natijasida ikki ishi vafot etgan.

06 may

O‘zbekistonda qariyb 9 mln kishi Instagram'dan foydalanadi

Meta reklama vositalarida e’lon qilingan raqamlarga ko‘ra, 2024 yil boshida Instagram'ning O‘zbekistonda 8,70 million foydalanuvchisi bo‘lgan. Mazkur foydalanuvchilarning 37,0 foizini ayollar, 63,0 foizini esa erkaklar tashkil etgan.

06 may

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 7-may kuni bo‘lib o‘tadigan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiya marosimida qatnashmaydi.

06 may

BMT Xalqaro echkilar kunini nishonlashga qaror qildi

BMT 24-mayni Xalqaro Morxo‘r kuni sifatida nishonlashga qaror qildi. Xalqaro Morxo‘r kunini e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiya homiylari Afg‘oniston, Vengriya, Isroil, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston hisoblanadi.

06 may

9 may munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Bu yil Xotira va qadrlash kunida O‘zbekiston fuqarolari faqat bir kun, 9 may, payshanba kuni dam oladi.

06 may

Urganch shahrida yuk avtomobilida yong‘in chiqdi

Urganch shahar O‘zStandart Xorazm filiali binosi yonida yuk mashinasi yonib ketdi.

06 may

Xorazmda bog‘cha opa tomonidan bola kaltaklanib, qo‘liga igna tiqilgani aytilmoqda

Holat Xorazmning Gurlan tumanidagi 28-sonli bo‘g‘chada sodir bo‘lgan.

06 may

Qatar Falastinni qo‘llab-quvvatlab namoyishlar o‘tkazayotgan AQSH universitetlarini moliyalashtirmoqda

ISGAP tadqiqot markazi tadqiqotlariga ko‘ra, Qatar 2014-2019 yillar oralig‘ida Amerika universitetlariga 2,5 milliard yevro o‘tkazgan. Arablar AQSH universitetlariga ta’sirini kuchaytirish uchun yana pul o‘tkazmoqda.

06 may

2024 yildagi eng qashshoq davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi

“Global Finance” nashri dunyoning eng qashshoq davlatlar reytingini tuzib chiqdi. O‘zbekiston bu ro‘yxatda 67-o‘rinni qayd etgan.

04 may

O‘zbekiston Tojikiston bilan chegara masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi 

Dushanbeda delegatsiyalar demarkatsiya ishlarining olib borilishini muhokama qilgan va protokol imzolangan. 

04 may

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko ham Rossiya Federatsiyasida qidiruvga berildi.

04 may

Sirdaryoda yo‘l yoqasidagi Nexia portlab ketganligi aytilmoqda.

04 may

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni qidiruvga berdi.

04 may

"Nima keragi bor ko‘zbo‘yamachilik qilib, obodonlashtirish ishchilari sizlarga malay emas".

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Xovos tumanidagi mutasaddilarni tanqid ostiga oldi.

04 may

AQSHda talabalar orasida avj olgan namoyishlar Vashingtonning Isroil va Yaqin Sharqqa nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirmaydi – Bayden. 

04 may

Tramp prezident bo‘lsa musulmon mamlakatlardan Amerikaga kirishni  taqiqlamoqchi.

04 may

Transafg‘on temiryo‘lini 2028-yilgacha qurish rejalashtirilgan

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokistonni bog‘laydigan temiryo‘l qurilishini 2027-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. 

04 may

Aliment to‘lovidan qochib, yashirinib yurgan andijonlik ota Toshkent viloyatidan topildi.

04 may

Argentinalik futbolchi Diyego Maradonaning farzandlari suddan uning jasadini Buenos-Ayres markazida qurilayotgan maqbaraga ko‘chirishni so‘rashmoqda.

Murojaatga ko‘ra, Maradona qoldiqlari maqbarada yaxshiroq saqlanadi va argentinaliklarning bosh kumiri bo‘lgan futbolchiga barcha hurmat-ehtirom ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

04 may

6 may kuni Parijda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, Fransiya Prezidenti Emmanyuel Makron va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ishtirokida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

04 may

Isroil HAMAS guruhiga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilish uchun bir hafta muhlat berdi, aks holda mudofaa kuchlari Rafahda harbiy operatsiya boshlaydi. 

04 may

Qamchiq dovonida yo‘l vaqtincha yopildi

Aytishlaricha YTH sodir bo‘lgani uchun katta tirbandlik yuzaga kelgan va yo‘l yopilgan. 

04 may

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov navbatdagi g‘alabasiga erishdi

Shvetsiyaning Malmyo shahrida o‘tkazilgan nufuzli “TePe Sigeman 2024” turnirida Nodirbek Abdusattorov chempionga aylandi.

03 may

Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston finalda mag‘lub bo‘ldi.

03 may

Qozog‘istonda an-32 samolyoti Qo‘stanay viloyatiga qo‘nish chog‘ida halokatga uchradi qurbonlar va jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.

03 may

Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuyovi Otabek Umarov va O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti va Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston-Yaponiya bevosita o‘yinini stadiondan kuzatmoqda.

03 may

O‘zbekiston-Yaponiya o‘yini boshlandi.

03 may

Toshkentda yo‘lovchilari bor avtobus beton to‘siqqa urildi.

03 may

Fransiya politsiyasi Sciences Po universiteti binosida o‘tgan namoyishni bostirish paytida Falastin tarafdori bo‘lgan talabani sudrab olib ketdi.

03 may

Ayni damda Toshkent shahri Modern Sergelida bino yonmoqda.

03 may

Otabek Umarov Dohaga yetib keldi.

03 may

Turkiya hukumati Isroil bilan barcha savdo-sotiq aloqalarini uzdi.

02 may

Qirg‘iziston fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni maslahat berdi.

02 may

Noqonuniy muhojirlar San-Diyego sohilidagi rekonstruksiya ishlari tufayli ochiq qoldirilgan chegara devoridan AQSHga to‘siqsiz kirib kelishmoqda.

2023-yil oktabr oyidan beri AQSHga 2 millionga yaqin hujjatsiz muhojirlar kirib kelgan.

02 may

Qozog‘iston ketma-ket 3 yil harbiy parad o‘tkazmaslikka qaror qildi

Qozog‘iston 7 may – Vatan himoyachilari kuni hamda 9 may – G‘alaba kunida harbiy marshlar o‘tkazmaydi.

02 may

Qirg‘izistonda bayram vaqtida tepalikda turgan yuk mashinasi harakatlanib, 29 nafar maktab o‘quvchisini bosib ketdi. Ulardan 18 nafari shifoxonada.

02 may

Ayni damda bo‘lib o‘tayotgan sud ishi Jo‘rayevlar iltimosiga ko‘ra yopiq o‘tadigan bo‘ldi.

02 may

Toshkentda "Andijon muzqaymog‘i"ga qarshi reydlar boshlangani aytilmoqda.

02 may

Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarovni ham qabul qildi.

02 may

AQSH Gruziyada "xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasini qoralab chiqdi.

02 may

O‘zbekistonda 90 dan ortiq davlatlarga vizasiz rejim joriy etildi

Ma’lumot uchun, joriy yilning fevral oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 31 davlatga vizasiz kirishlari mumkin.

02 may

Rossiya Ukrainaning Odessa viloyatidagi snaryadlar omboriga hujum qilishi oqibatida portlashdan keyin yong‘in sodir bo‘ldi.

02 may

Endi bola puli va moddiy yordam tayinlash onlayn ariza orqali amalga oshiriladi.

02 may

 Qirg‘iziston va O‘zbekiston mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazmoqchi – Oqilbek Japarov.

02 may

AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama davrida ishlagan 250 dan ortiq amaldor G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun Baydenga maktub yo‘lladi.

02 may

O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha uzaytiriladi.

02 may

Indoneziyada Ruang vulqoni uyg‘onishi oqibatida mintaqadagi 12 ming kishi evakuatsiya qilinmoqda.

02 may

Ozarbayjon bilan chegarani delimitatsiya qilishga Armaniston aholisi hamon qarshi chiqmoqda.

02 may

Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keldi

02 may

Eng kam pensiya miqdori oshirildi

02 may

Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi.

02 may

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida, uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi.

01 may

Yahudiy ko‘chmanchilari G‘azoga ketayotgan gumanitar yordam karvoniga hujum qildi. Maqsad insonparvarlik yordamlarini falastinliklarga yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslik.

01 may

O‘zbek rassomlarining asarlari Gruziya Prezidenti rezidensiyasi to‘plamidan joy oldi.

01 may

Yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 63,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.

01 may

Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

01 may

Polshadagi Adam Mitskevich universiteti kutubxonasidan aka-uka Grimmlarning izsiz yo‘qolgan 27 jildlik asl qo‘lyozma va eslatmalari topildi.

01 may

Toshkentda O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston Energetika vazirlari o‘rtasida yashil energiya ishlab chiqarish va uni Ozarbayjon hududi orqali Yevropaga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

01 may

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmazni qabul qildi.

01 may

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning qabulida bo‘ldi.