Hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish taklifi berildi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura va Ekologiya vazirligi mas’ullari ishtirokida Toshkent shahridagi havo ifloslanishi muammosi ko‘rib chiqilib, bir necha takliflar berildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi haqidagi xabarlar va ularga sabab bo‘layotgan holatlarning muhokamasi o‘tkazilgan.

Unda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i O‘ktam O‘tayev ishtirok etib, Prezident tashabbuslari bilan mamlakatda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida 85 mln tupdan ortiq daraxt ekilgani, Orol dengizining qurigan tubida 1,8 million gektar maydonda yoki birgina Surxondaryoda qurg‘oqchilikka chidamli 3 mln tup o‘simliklardan iborat yashil hududlar barpo etilgani aytib o‘tilgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi sabablariga to‘xtalib, shaharda sun’iy ko‘llar, suv havzalari, yashil qoplamalarning kamayib ketgani, mintaqada suv tanqisligi sabab cho‘llashishning kengayib borayotgani, avtotransport vositalari, yoqilg‘i energetikasi hamda suvdan tejamkorlik bilan  foydalanishda muayyan qonun buzilish holatlariga chek qo‘yilmayotgani, atmosferaga me’yoridan ortiq tashlamalar tashlanayotganiga urg‘u bergan.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha atmosfera havosini “Avtomobilsiz kun”, hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish, jamoat transport vositalaridan foydalanishni kengaytirish, standart minimumini “Yevro-4”ga ko‘tarish, sanoatda ko‘mir yoqilg‘isidan voz kechish va shu kabi ko‘plab takliflarni ishlab chiqish va realizatsiya qilishga kelishilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanib borayotganining sabablarini ma’lum qilib, uning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bosh prokuratura havo ifloslanishi Ekologiya vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made