HAMAS Isroil xavfsizlik xizmatining 30 ga yaqin generali va zobitlarini qo‘lga olgan – Al-Araby

Olam

image

Falastinning HAMAS harakati Isroilning 30 ga yaqin generali va Bosh xavfsizlik xizmati (Shin-Bet) zobitlarini garovda ushlab turibdi. Bu haqda "Al-Araby al-Jadid" nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ular 7 oktyabr kuni harakatning Isroil kuchlariga qarshi hujumida qo‘lga olingan.

"HAMASning qo‘lida 30 ga yaqin Shin-Bet generallari va zobitlari bor, ularning nomlari yahudiy davlati tomonidan ham ayni paytgacha sir tutilmoqda. Bu odamlar alohida qo‘riqlanadigan joylarda saqlanayotgani uchun ham SAXAL ularga yetib bora olmayapti”, degan nashrning ismini oshkor etmagan suhbatdoshi. 

Gazeta manbasiga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va yahudiy davlati hukumatining ayrim a’zolari o‘z obro‘sini saqlash uchun ham “ba’zi harbiy garovga olinganlarning shaxsi haqidagi ma’lumotlarni yashirmoqda”. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda G‘azo sektorida garovga olingan tirik isroilliklarning sonini ham aniqlashning imkoni yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS 30 ga yaqin general

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing