29 yil ichida ilk bor uch nemis klubi yevrokuboklar yarim finaliga chiqdi

Sport

image

Germaniyaning uchta klubi 29 yil ichida ilk bor yevrokuboklar yarim finaliga chiqib, nemis klublarining ko‘p yillik natijasini takrorladi.

“Bavariya” va “Borussiya” Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak finalida o‘ynaydi, “Bayer” esa Yevropa ligasining hal qiluvchi o‘yiniga chiqish uchun kurashadi. Oxirgi marta nemis klublari tomonidan bunday natija 1994/1995 yilgi mavsumda qayd etilgan.

YeCHL Chorak finalida “Bavariya” Londonning “Arsenal” jamoasidan kuchliroq bo‘lib chiqdi va endi yarim finalda “Real”ga qarshi o‘ynaydi. Birinchi o‘yin 30 aprel kuni, javob o‘yini 8 may kuni bo‘lib o‘tadi.

“Borussiya” chorak finalda “Atletiko”ni 5:4 hisobida mag‘lub etdi va endi final oldi bahsda PSJ bilan o‘ynaydi. Birinchi o‘yin 1 may kuni, javob o‘yini 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.

“Bayer” Yevropa ligasining chorak finalida “Vest Xem”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi. Xabi Alonso shogirdlari final yo‘llanmasi uchun Italiyaning “Roma” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Birinchi o‘yin 2 mayda, javob bahsi esa 9 mayda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Borussiya Bayer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing