Abduqodir Husanov U-23 Osiyo kubogi finalida qatnashmaydimi?

Sport

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov jamoasining Yaponiyaga qarshi Osiyo kubogi final o‘yinida maydonga tushmasligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Gap shundaki, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbolchi to‘p tepadigan “Lans” klubidan yarim final bosqichiga qadar bo‘lgan muddat uchun ruxsat olgan va kelishuvga erishgan. “Lans”ning 3 may kuni “Loryan”ga qarshi muhim o‘yinida bosh murabbiy Frank Ez futbolchini tarkibda ko‘rishni xohlamoqda, biroq Husanovning finalda ishtirok etmasligi hali to‘liq aniq bo‘lib ulgurmagan.

QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Husanovning finaldagi ishtiroki bo‘yicha “Lans” bilan muzokara o‘tkazmoqchi. Hali futbolchining finalda ishtirok etish-etmasligi aniq emas.

Ma’lumot uchun, Husanov Osiyo kubogida 3 ta o‘yin o‘tkazdi. U 29 aprel kuni Indoneziyaga qarshi turnir yarim finalida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining ikkinchi goli kiritilishiga katta hissa qo‘shdi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi final uchrashuvini 3 may kuni Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Osiyo kubogi Abduqodir Husanov Lans

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made