Abdulaziz Komilov Venesuela elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Venesuela Bolivar Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Tehron shahrida) Karlos Alkala Kordonesni qabul qildi. Bu haqda  TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, vazir elchini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi. 

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Venesuela munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan.

O‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirish, avvalambor, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV

Baholaganlar

6

Reyting

2.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing