Abdulla Aripov Yaponiyada “Reyva” yangi hukmronlik davrining boshlanishi bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahridagi Yaponiya Elchixonasiga tashrif buyurdi. Diplomatik vakolatxonada Imperator Naruhitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan Qutlov kitobi ochildi.

O‘zbekiston Hukumati rahbari do‘st yapon xalqini katta ahamiyatga ega voqea va “Reyva” yangi hukmronlik davrining boshlanishi bilan tabrikladi, Imperator Naruhitoga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va hukmronlik davrining uzoq yillar davom etishini tiladi. 

Elchi Nobuaki Ito o‘z navbatida O‘zbekiston Prezidenti va Hukumatiga Yaponiya hayotidagi tarixiy voqea sababli yapon xalqiga yo‘llagan tabrik va iliq tilaklari uchun minnatdorchilik izhor etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov O'zbekiston-Yaponiya

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing