AQSH birinchi marta Isroilga o‘q-dorilarni yetkazib berishni to‘xtatdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati o‘tgan hafta Isroilga AQSHda ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarni yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda Isroilning ikki rasmiysi “Axios” nashriga ma’lum qildi.

Nashr xabarida bu bir martalik kechikishmi yoki yetkazib berishning to‘xtab qolishimi aniq aytilmagan. Nashr manbalari yetkazib berish nima uchun to‘xtaganiga ham aniqlik kiritmagan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil oktyabr oyida HAMASning Isroilga hujumidan so‘ng birinchi marta sodir bo‘lgan ta’minotning to‘xtatilishi Isroil hukumatida jiddiy xavotir uyg‘otgan va bu hodisa sabablarini o‘rgana boshlagan.

Nashrning ta’kidlashicha, snaryadlarni yetkazib berishdagi kechikish Qo‘shma Shtatlar ichida Bayden Isroilga yordam berayotgani haqidagi tanqidlar fonida sodir bo‘lgan.

Bundan tashqari, AQSH Prezidenti ma’muriyati Isroilning anklav shimolidagi falastinlik qochqinlar boshpana olayotgan G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida quruqlikdagi operatsiya o‘tkazish rejasidan xavotirda.

O‘z navbatida isroillik ismini oshkor etmagan yana bir rasmiy “Ynet” nashri bilan suhbatda Qo‘shma Shtatlar Isroilga qurol yetkazib berishda davom etayotganini aytgan.

"Ehtimol, u yoki bu jo‘natish kechikishi mumkin, ammo oqim davom etmoqda va biz uni to‘xtatish bo‘yicha siyosiy qarordan xabardor emasmiz", deydi manba.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made