Blinken Pekinga bordi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bugun, 25 aprel kuni Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida Pekinga bordi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Blinken poytaxtda Xitoyning yuqori martabali rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Ma’lumot uchun, Blinken kecha, 24 aprel kuni Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida Shanxayda kutib olingan edi.  U mamlakatda 26 aprelgacha bo‘lishi kutilmoqda. Bu Blinkenning AQSH davlat kotibi lavozimida ish boshlaganidan beri Xitoyga ikkinchi tashrifidir. 

Avvalroq, ikki tomonlama muzokaralarda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, Tayvan atrofidagi keskinlik, shuningdek, Xitoy va AQSH o‘rtasidagi savdo aloqalari muhokama qilinishi aytilgandi. Shanxayga tashrifi chog‘ida ham u Vashington va Pekin o‘zaro keskinliklarga qaramay, kelishmovchiliklarga mas’uliyat bilan yondashishi kerakligini uqtirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Blinkenning Xitoyga yetib borgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Entoni Blinken AQSh Davlat kotibi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing