AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi

Olam

image

Rossiya kimyoviy quroldan foydalanish bo‘yicha xalqaro taqiqni buzdi. Bu haqda 1 may kuni AQSH Davlat departamenti tomonidan Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiya choralarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ma’lum qilindi.

Amerika tashqi siyosat departamentining da’vo qilishicha, rus qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari askarlariga qarshi bezovta qiluvchi zaharli modda bo‘lgan xloropikrindan foydalangan.

Shu munosabat bilan AQSHning yangi sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya Mudofaa vazirligining radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari, Rossiya amaliy akustika ilmiy-tadqiqot instituti va Rossiya Mudofaa vazirligining 48-sonli markaziy ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek, to‘rtta kompaniya kiritildi.

“Bunday kimyoviy moddalardan foydalanish alohida hodisa emas va u Rossiya kuchlarining Ukraina qo‘shinlarini mustahkamlangan pozitsiyalardan chiqarib yuborish va jang maydonida taktik yutuqlarga erishish istagi bilan bog‘liq”, deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘g‘uvchi va ko‘z yosh oqizuvchi xloropikrin Rossiyada ham mamlakat ichidagi ommaviy norozilik namoyishlarini bostirish doirasida ishlatilgan.

Kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha Gaaga tashkiloti (OPCW) tomonidan taqiqlangan xloropikrin suyuqlik bo‘lib, bug‘lari teri va shilliq pardalarga ta’sir qiladi va yuqori konsentratsiyalarda diafragma mushaklarining nazoratsiz konvulsiyalarini keltirib chiqaradi.

U birinchi jahon urushi paytida nemis qo‘shinlari tomonidan ishlatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya kimyoviy qurol Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made