AQSHda falastinlik 3 talaba qurolli hujumga uchradi

Olam

image

AQSHning Vermont shtatida 48 yoshli erkak 3 nafar falastinlik talabani o‘ldirishga uringanlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda CNN xabar berdi

Qayd etilishicha, joriy yilning 25 noyabr kuni kechqurun noma’lum shaxs ko‘cha bo‘ylab ketayotgan uch kishiga qarata to‘pponchadan o‘q uzgan. Oqibatda ularning har uchalasi turli darajada jarohat olgan. 

“Jabrlanganlarning ikki nafari qoniqarli ahvolda, birining esa ahvoli og‘ir”, deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, ular Berlington shahrida o‘qiyotgan asli falastinlik talabalar bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, 26 noyabr kuni shahar politsiyasi mazkur jinoyatga aloqadorlikda ayblab, 48 yoshli Jeyson Itonni qo‘lga olgan. 

Uning otishma joyi ro‘parasidagi binoda joylashgan kvartirasida tintuv o‘tkazish chog‘ida politsiya to‘pponcha topgan va natijada gumonlanuvchining ishi sudga oshirilgan. 

“The Wall Street Journal” nashrining xabar berishicha, kecha, 27 noyabr kuni AQSH sudi Burlingtonda falastinlik talabalarga qurolli hujum uyushtirganlikda gumon qilingan Jeyson Itonni qotillikka urinishda ayblagan. Sud majlisida Itonga uchta ayblov qo‘yilgan bo‘lib, sudlanuvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Biroq gumonlanuvchi o‘z aybini tan olmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh talaba otishma falastinlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing