Buxoroda bir yo‘la 35 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image
Odamlar karantin qoidalarini unutib qo‘ydi! – Turdimov jiddiy murojaat bilan chiqdi north_east

Odamlar karantin qoidalarini unutib qo‘ydi! – Turdimov jiddiy murojaat bilan chiqdi

Buxoro viloyatida jami 35 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 5 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Bugunning ilk xushxabarini Buxoro viloyatida navbatdagi 35 nafar koronavirusga chalingan bemor to‘liq sog‘ayganligi haqidagi xabar bilan boshlaymiz. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, shifo topganlarning 20 nafari Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 15 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 16 nafari Buxorodan, Samarqand va Qashqadaryodan 4 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Namangan, Jizzaxdan 2 nafardan, Navoiy, Xorazm va Surxondaryodan 1 nafardan. Ularning 26 nafari erkak, 9 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 83 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshli bola.

Ma’lumot uchun, Buxoro viloyatida asosan xorijiy davlatlardan charter reyslar bilan olib kelingan fuqarolar orasida koronavirus infeksiyasiga chalinib davolanayotgan 434 nafar bemordan endilikda 367 nafari butunlay sog‘aydi. Ayni paytda qolgan 67 nafar bemor davolanmoqda.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1440 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 1405 nafari sog‘aygan va 10 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing