Armanistonda bolalarning koronavirusga chalinishi oshayotgani aytildi

Olam

image

Armanistonda 270 nafar bola koronavirus bilan kasallangan, ulardan faqat ikki nafariga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Arsen Torosyan bugun, 21 may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

"Hozirgi paytda Armanistonda 18 yoshgacha bo‘lgan 270 nafar bola koronavirus bilan kasallangan. Ulardan faqat ikki nafariga yengil pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bu ko‘rsatkich oldingi haftaga qaraganda oshgan. Biroq jiddiy holatlar yo‘q”, dedi vazir. Uning ta’kidlashicha, bolalar koronavirusning yengil shakliga bardosh berishadi. Ammo baribir xavfsizlik qoidalarini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur, deya ta’kidladi u.

Bundan tashqari, Torosyan 23 homilador ayolda koronavirus aniqlanganligini ma’lum qildi. "Ularning hayoti tahdid ostida emas", dedi vazir.

Armanistonda 16 martdan 13 iyungacha koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun favqulodda holat e’lon qilindi. 21 may kungi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 5 606 ta infeksiya holati aniqlangan. 2581 bemor davolanib chiqqan, 70 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Armanistonda

Baholaganlar

36

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made