Baqlajon po‘stining qanday foydali jihatlari bor?

Foydali

image

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, baqlajonning siyohrang, yaltiroq po‘sti inson organizmi uchun juda foydali ekanligi allaqachon aniqlangan. Chunki, uning tarkibida, asab tolalarini asrovchi va saratonga qarshi kurashuvchi hamda uning oldini oluvchi kuchli antioksidant-nazunin moddasi mavjud. Faqatgina uni me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslik kerak.

Baqlajon benazir shifobaxsh xususiyatlarga ega. Sharq mamlakatlarida unga nisbatan, uzoq umr garovi deya ta’rif berishadi. Ayni kunlarda baqlajon pishgan va uni bemalol bozor rastalaridan topishingiz mumkin. Baqlajonni doimiy tarzda iste’mol qilsangiz, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olgan bo‘lasiz, yurak mushaklari mustahkamlanadi, qondagi xolesterin miqdori kamayadi, osteoporoz va osteoxondrozga qarshi kurashuvchanlik paydo bo‘ladi, organizm tiqinlardan tozalanadi, suv balansini bir maromda ushlab turish mumkin, eng muhimi saraton hujayralari mudroq holatda qoladi.

Sabzavot tarkibida V guruhi vitamini mavjud bo‘lib, u sizni uyqusizlikdan xalos etadi, asablaringizni tinchlantiradi. Bir dona baqlajon tarkibidagi S vitamini gripp va shamollash profilaktikasi uchun yetarlidir. Bundan tashqari siyohrang sabzavot tarkibidagi RR vitamini chekishni tashlash harakatida bo‘lganlar uchun ayni muddao. Yana ushbu sabzavotda kaliy, fosfor, temir, kalsiy, magniy kabi mikro va makroelementlar ko‘p.

Baqlajonda foliy kislotasi borligi sababli uni oz miqdorda homiladorlar ratsioniga qo‘shish mumkin, bundan tashqari farzand kutayotgan ayollarda kuzatiladigan kamqonlikda, sabzavot tarkibidagi temir moddasi ham qo‘l keladi.

Parhezchi honimlar uchun ham yangiligimiz bor: 100 gramm baqlajon atigi 23 kilolaroriya bilan kifoyalanganini hisobga olsak, uni bemalol parhezbop taom sifatida qabul qilish mumkin. Albatta, qaynatilgan yoki dimlanganini, qovurilganini emas. Axir baqlajon qovurilish jarayonida juda ko‘p yog‘ni o‘ziga shimib oladi-da.

Agar siz: kamqonlik, ateroskleroz, qandli diabet, ich qotishi, moddalar almashinuvi buzilishi, uyqusizlik va doimiy stresslardan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz baqlajonni har kuni hech bo‘lmaganda 100 gr, yeyishni odat qiling. Qish va kuz mavsumida esa bir osh qoshiq qurutib maydalangan baqlajon talqoni, buyrak va jigar faoliyatini yaxshilaydi.

Pishib yoki muzlatgichda uzoq muddat qolib ketib, po‘sti burishishni boshlagan baqlajonlarni esa hech ikkilanmay tashlab yuboring. Bunday baqlajonda zaharli solanin moddasi yig‘iladi, bu modda sizda kuchli diareya, qusish, tomir tortishishi va es-hushning yo‘qolishini keltirib chiqarishi hech gapmas.

Pishib ketgan baqlajonni yangisidan farqlash juda oson, uni kesib ko‘ring, urug‘i haddan ziyod ko‘p bo‘lsa, ishlata ko‘rmang. Yana bir muhim jihatni yodda tuting: baqlajonni qanday usulda pishirmoqchi bo‘lsangiz ham yarim soat tuzli suvda tursin. Shunda tarkibidagi zararli moddalar havf solmaydi. 3 yoshgacha bolalarga baqlajonni bermagangiz durust, solanin moddasi kichkintoyda allergiyani chaqirishi mumkin.

Agar sizda quyidagi kasalliklar bor bo‘lsa, baqlajonni ovqatlanish ratsionongizga qo‘shmaganiz ma’qul: surunkali va kuchli oshqozon yarasi va gastrit, oshqozon osti bezi yallig‘lanishi, insult terapiyasi, allergiya, buyrakning surunkali og‘rishi. Yodda tuting: baqlajonni homligicha yeyish jiddiy muammolarga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing