Bayden Misr va Qatar rahbarlaridan HAMASga ta’sir o‘tkazishni so‘radi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Misr va Qatar yetakchilarini G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslarni ozod qilish uchun HAMAS ustidan o‘z ta’siridan foydalanishga chaqirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Bayden Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamal Ol Soniy bilan alohida telefon orqali muloqot qilgan. Suhbat chog‘ida Bayden Misr va Qatar yetakchilari bilan hozirda ikki davlat ishtirokida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar jarayonini to‘liq muhokama qilgan. Amerika rahbari bu boradagi sa’y-harakatlari uchun suhbatdoshlariga minnatdorlik bildirgan.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, agar HAMAS muzokaralar stolida turgan sulh taklifini qabul qilsa, G‘azo sektorida sulh ta’minlanadi, mintaqaga gumanitar yordam keladi va isroillik mahbuslar ozod qilinadi.

Qayd etish joizki, 26 aprel kuni HAMAS harakatiga Misr va Qatar vositachiligida tayyorlangan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi va o‘zaro asirlar almashinuvi bo‘yicha yangi taklif taqdim etildi. HAMAS bu taklif ustida ishlayotganini va tez orada javobini berishini aytdi.

O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish jarayoni bilan bog‘liq holda Misr matbuoti HAMAS delegatsiyasining Qohirani tark etgani, Misrning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga yozma ravishda javob berishini yozdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken HAMASni Isroilning taklifini qabul qilishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Misr Qatar Jo Bayden HAMAS Abdulfattoh as-Sisi Shayx Tamim bin Hamal Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made