BMT Isroilni Rafahga hujum qilishdan ogohlantirdi

Olam

image

Isroil armiyasining G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida o‘tkazishi mumkin bo‘lgan quruqlikdagi operatsiyasi tinch aholi orasida yanada ko‘proq azob va o‘limga olib keladi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) X ijtimoiy tarmog‘ida bayonot berdi.

"Isroilning Rafahga hujumi bundan ham ko‘proq tinch aholining jabrlanishi va halok bo‘lishini anglatadi", deydi tashkilot.

Agentlikning ta’kidlashicha, UNRWA imkon qadar Rafahda mavjud bo‘lib qoladi va odamlarga hayotni saqlab qolish uchun yordam berishda davom etadi.

Qayd etish joizki, Rafahga hujum kamida fevral oyidan beri tayyorlanmoqda. Isroil bunday rejalari uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan tanqid qilinmoqda. Sektorda harbiy amaliyot boshlanib, mintaqa shimolidan bir yarim milliondan ortiq tinch aholi evakuatsiya qilinishi ortidan 1,3 millionga yaqin falastinlik Rafahdan boshpana topdi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 may kuni erta tongda Isroil armiyasi Rafahning ba’zi sharqiy mahallalaridan aholi evakuatsiya qilinishini e’lon qilgandi. Falastinliklarga Al-Mavasi va Xon Yunus shaharlaridagi “gumanitar zonalar”ga ko‘chib o‘tish taklif qilinmoqda. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa yahudiy davlatini hech qanday bosim to‘xtata olmasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Isroil G'azo Rafah UNRWA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made