BMT Rossiya Ukrainaga KXDR raketasi bilan hujum qilganini tasdiqladi

Olam

image

2024 yil 2 yanvar kuni Rossiya tomonidan berilgan zarbadan so‘ng Xarkovda topilgan raketa qoldiqlari Shimoliy Koreyaning Xvason-18 seriyali ballistik raketasiga tegishli bo‘lgan. Bu haqda BMT Xavfsizlik Kengashiga sanksiyalar monitoringi guruhi taqdim etgan hisobotda aytiladi.

“BMT ekspertlari raketa parchalari KXDRga va undan qurol-yarog‘ yetkazib berishga qo‘yilgan embargo buzilganidan dalolat beradi, degan xulosaga keldi”, deyiladi hisobotda.

Monitoring guruhining uch xodimi aprel oyida Ukrainaga borib, vayronalarni ko‘zdan kechirgan va raketa Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkinligi haqida hech qanday dalil topmagan.

“Ular raketa qayerdan va kim tomonidan uchirilganini mustaqil ravishda aniqlay olmadi", deya xabar berdi “Reuters”.

Biroq, Ukraina rasmiylari tomonidan berilgan trayektoriya haqidagi ma’lumotlar raketa Rossiya Federatsiyasi hududidan uchirilganligini ko‘rsatadi.

“Bu joy, agar raketa Rossiya kuchlari nazorati ostida bo‘lgan bo‘lsa, ehtimol u Rossiya fuqarolari tomonidan sotib olinganidan dalolat beradi”, deyiladi xabarda.

Qo‘shma Shtatlar va boshqa davlatlar Shimoliy Koreyani Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Rossiyaga qurol berganlikda ayblamoqda. Moskva va Pxenyan bu ayblovlarni rad etadi, biroq 2023 yilda mamlakatlar hukumatlari harbiy aloqalarni chuqurlashtirishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Rossiya 15 yildan beri yadroviy va raketa dasturlari tufayli Shimoliy Koreyaga qarshi BMT sanksiyalarini kuzatib kelayotgan BMT sanksiyalari kuzatuvchi-ekspertlarining mandatini yillik uzaytirilishiga veto qo‘ygan edi. Amaldagi ekspertlar guruhining vakolati 30 aprelda tugaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya BMT Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made