“Qamchiq” dovonida yo‘lning bir qismida yer cho‘kdi

Jamiyat

image

A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 229-kilometrida, “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida yo‘lning 50 metr qismi cho‘kdi.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu sababli ushbu masofada ikkita harakatlanish bo‘lagi yopilgan holda ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilmoqda.

Haydovchilar transport vositasida harakatlanishi uchun bitta bo‘lak ochiq qoldirilgan. Ulardan o‘rnatilgan yo‘l belgilariga amal qilgan holda ehtiyotkor bo‘lib harakatlanish so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq

Baholaganlar

258

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing