Chegarada 392 mln so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi
Jamiyat
−
20 may 2019
2731Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan sifati kafolatlanmagan dori mahsulotlarini mamlakatga noqonuniy tarzda olib kirilishiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro A.X.ga tegishli bo‘lgan 4 dona sport sumkalari xolislar ishtirokida tekshirildi.
Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida noqonuniy tarzda olib kelinayotgan qiymati 392 million so‘mlik 28 ming dona sifati kafolatlanmagan “Montalin” nomli bo‘g‘im og‘riqlariga qarshi dori vositasi borligi fosh etildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023