D vitamini saraton kasalligining oldini olishi isbotlandi

Bu qiziq

image

D vitamini saraton kasalligining oldini olishda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Bu haqda Britaniya immunobiologik laboratoriyasi rahbari Kaetanu Reys e Souza “Fox News” telekanaliga ma’lum qildi.

Mutaxassisning aytishicha, sichqonlar ustida sinov o‘tkazilgan bo‘lib, kemiruvchilarga D vitaminiga boy ozuqa berilgan. Natijada D vitamini ularda saratonga qarshi immunitetni kuchaytirgani aniqlangan.

“Izlanishlar natijasi hayratlanarli. D vitamini ichak mikrobiomini tartibga solib, saratonga qarshi immunitet bakteriyalarining ko‘payishi uchun qulay shart-sharoit yaratdi”, deydi ekspert.

Tadqiqotda ishtirok etmagan neyro-onkolog Shama Farukning aytishicha, D vitamini natijalari kelajakda  saraton kasalligini davolash va oldini olishda yangi yondashuvlar paydo bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Ma’lumot uchun, tadqiqotda nima uchun D vitamini ichak mikrobiomini yaxshilashga yordam berishi isbotlanmagan.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

saraton D vitamini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made