Davlat organlari xodimlari uchun yana bir mukofot ta’sis etildi

Jamiyat

image

Hukumat qarori (240-son, 16.03.2019 y.) bilan “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

Nimzomga muvofiq, ko‘krak nishoni bilan davlat organlari xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Davlat organlari o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni xar yili 1 oktyabrga kadar adliya organlariga taqdim etishi lozim.

Adliya vazirligida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 20 noyabrga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi.

Ko‘krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida adliya vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'krak nishon huquqiy targ'ibot

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar