De Bryuynening nega “Real”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne sog‘lig‘i yomon bo‘lgani uchun “Real”ga qarshi 1/4 final birinchi o‘yinida (3:3) ishtirok etmadi. Bu haqda “Daily Star” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi o‘yin boshlanishiga bir necha soat qolganda mehmonxonada ovqatdan zaharlangan. “Manchester Siti” mutaxassislari ommaviy zaharlanish ehtimolidan juda xavotirda bo‘lgan, biroq faqatgina belgiyalik futbolchida ana shunday holat kuzatilgan.

Joriy mavsumda De Bryuyne barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda qatnashib, 4 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.

Qayd etish joiz, “Manchester Siti” va “Real” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin Angliyadagi “Etihad stadium”da (Manchester shahri) bo‘lib o‘tadi. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 00:00 da yangraydi.


Maqola muallifi

Teglar

Real De Bryuyne

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made